O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning NIPPON KOEI kompaniyasi bilan kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-11-01 | Jamiyat
Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rahmanqulov hamda Yaponiyaning NIPPON KOEI kompaniyasi vakillari ishtirokidagi uchrashuvda poytaxtmizdagi kommunal sohadagi mavjud vaziyat va sohadagi dolzarb vazifalar ko‘rib chiqidi.
Unda poytaxt hokimigi mutasaddillari xorijiy kompaniya vakillariga Toshkent shahridagi oqava suv va issiqlik ta’minoti qanday yo‘lga qo‘yilgani, ushbu tizimlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va liftlarni almashtirish masalalari haqida ma’lumot berdilar. Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahridagi 3000dan ortiq liftlar yangilanishi kerak, shuningdek, aholi yashash punktlariga 300 km.dan ortiq oqava suv quvurlari yotqizilishi lozim, qolaversa, issiqlik tizimi ham qator islohotlarni talab etmoqda. Yaponiya tomoni ushbu masalalarni o‘rgangan holda hamkorlik yuzasidan takliflarini tayyorlashini qayd etdi. Yaqin kunlarda ikki tomon vakillari yana bir bor uchrashishga kelishib olishdi.