O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hisoboti eshitildi

2019-11-01 | Jamiyat

2019-yil 31-oktabr kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yilning 9-oyida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobot eshitildi.

Majlisda Qo‘mita a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining joriy yil 9 oyidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, 2019-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga 40 ta maqsadli vazifa yuklatilgan. Ularni amalga oshirish borasida vazirlik tomonidan izchil ishlar olib borilgan.

Jumladan, chet el investorlarini dasturiy mahsulotlar sohasida qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish maqsadida joriy yilning sentyabr oyida “ICTWEEK Uzbekistan 2019” AKT haftaligi o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” AKT forumi, “ICTEXPO” ko‘rgazmasi, “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish” forumi tashkil etilib, Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda “mGowAward” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi xorijiy mamlakatlar (Belarus va Hindiston) oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma fakultetlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilida yangi yo‘nalish bo‘yicha 505 nafar yigit-qizlar talaba bo‘ldi.

Bundan tashqari, 1-band bo‘yicha investitsiya dasturi doirasida III-IV choraklarda bajarilishi lozim bo‘lgan “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish”, “Radiochastota spektri monitoringi tizimini kengaytirish va rivojlantirish”, “Magistral va multiservis transport tarmog‘ini kengaytirish” loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, majlisda vazirlik faoliyatidagi kamchiliklar ham tahlil qilindi va shundan kelib chiqib, bir qator tavsiyalar bildirildi. Xususan, magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha doirasida qurilmalarni respublikaga keltirish va joylarda o‘rnatish ishlarini jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, joriy yilda optik tolali aloqa liniyalari qurilishini 10 ming kilometrga yetkazish choralarini ko‘rish zarurligi, bunda olis qishloq aholi maskanlari va ijtimoiy infratuzilma ob'yektlariga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

Поделиться