O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

2019-11-01 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri B.Sultonov videokonferentsiya formatida ikki tomonlama savdo hamkorligini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Qo‘shma ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston va Qozog‘istonning chegaradosh hududlarida barqaror va qulay transport-logistika infratuzilmasini yaratish orqali o‘zaro savdoni mustahkamlash mexanizmlari muloqot mavzusi bo‘ldi. Kommunikatsiya liniyalari hamda tovarlarni saqlash, yuklash va bojxona rasmiylashtiruvi uchun qo‘shimcha quvvatlar yaratish uchun mavjud sharoitlar va geografik joylashuvni e’tiborga olgan holda har bir variantlarning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqildi. Bu ikki davlat o‘rtasida jadal va barqaror yuk oqimini ta’minlashga imkon beradi.

Tovar nomenklaturasining o‘zaro bog‘liqligini e’tiborga olib, tomonlar savdo aylanmasining jadal o‘sishi uchun katta salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Shu boisdan ikki davlat idoralari savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishning mavjud kontseptsiyalarini qayta ishlab chiqish va birgalikda tezkorlik bilan o‘zaro manfaatli maqbul qaror ishlab chiqishni davom ettiradilar.

Поделиться