O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Armaniston Respublikasi yuqori texnologiyali sanoati vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi
2019-10-31 | Texnologiyalar
30-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B.Olmatov Armaniston Respublikasi yuqori texnologiyali sanoati vazirining o'rinbosari Gegam Levonovich Vardanyan bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etdilar va oʻzaro manfaatli boʻlgan ustuvor yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Oʻzbekistondagi soha oliy ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash va AT-mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlariga koʻra, ekspertlar darajasida muzokaralarni davom ettirish uchun hamkorlikdagi ishchi guruhini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.