O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ijrochi direktori I.Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-10-31 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 30-oktabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ijrochi direktori I.Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyaviy hissasini baholash qiyin: birgina hozirgi paytning o‘zida Respublikada qishloq xo‘jaligi, energetika, uy-joy va infratuzilmaviy qurilish, suv resurslarini boshqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va moliya sohalarida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tizimli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan amaliyotlar bo‘yicha Biznes reja tasdiqlandi. U ta’lim va mehnat, kapital bozorni rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash sohalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq loyihalarni qamrab olgan va amalga oshirilishi mazkur davr oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning oxiriga qadar esa bank Direktorlar kengashi tomonidan iqtisodiy tartibga solish, ipoteka krediti va qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha loyihalarning ma’qullanishi kutilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar shuningdek, bu yil raisligi O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi dasturining (MOMIH) vazirlar darajasidagi konferentsiyasini joriy yilning noyabrida Toshkentda o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qildilar. Konferentsiya kun tartibi mamlakatlararo sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, logistika sohasida transmilliy loyihalarni amalga oshirish va mintaqada savdoni mustahkamlash bo‘yicha asosiy masalalarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot: Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (MOMIH) - Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarini iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun 1997 yilda Osiyo taraqqiyot banki tashabbusi bilan boshlangan dastur.

Поделиться