O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

2019-10-30 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yaponiyaning Mitsubishi Corporation, Marubeni Corporation va Sumitomo Corporation kompaniyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mitsubishi Corporation vak olatxonasi rahbari Y.Sano bilan suhbat chog‘ida O‘zbekistonda elektr energetikasi, kimyo va gaz-kimyo sanoati sohalarida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda yapon xoldingining ishtiroki bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi. Tomchilab sug‘orishning amaldagi tizimini modernizatsiya qilish orqali hosildorlikni oshirish maqsadida agrar sektorda kompaniyaning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish hamda meva- sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish hozirda istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Marubeni Corporation kompaniyasining boshqaruvchi direktori, Energetika bo‘limining amaliyotlar bo‘yicha bosh direktori A.Sagara bilan bo‘lib o‘tdi. Unda ishlab chiqilayotgan kelishuvlar va loyihaviy tashabbuslar muloqot mavzusi bo‘ldi. Ulardan biri Respublikaning beshta Buxoro, Nukus, Urganch, Farg‘ona va Quvasoy (Farg‘ona viloyati) shaharlarida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘p fazali loyihadir. Mazkur loyiha O‘zbekiston uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi hamda energetikani rivojlantirish uchun juda muhim hisoblanadi.

Bundan tashqari, birgalikda tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, elektrotexnika va maishiy jihozlar ishlab chiqarish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi klasterlari va issiqxona komplekslarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarga yapon texnologiyalarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sumitomo Corporation kompaniyasi vakolatxonasining rahbari R.Kayashima bilan davlat-xususiy sheriklik asosida quyosh, shamol va issiqlik energetikasi sohasida qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarning hozirgi holati gaplashib olindi. Toshkent viloyatida multimodal logistika kompleksi qurilishining dastlabki shartlari alohida ko‘rib chiqildi. Qulay geografik joylashuvi inobatga olinsa, hudud temir yo‘l, avtomobil va havo yo‘llari uchun yirik transport nuktasi bo‘ladi va yapon kompaniyalari bilan ham o‘zaro savdo munosabatlarida “jalb qilish markazi” bo‘lishi mumkin.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha tomonlar shakllanilayotgan kelishuvlar doirasida kelgusi sa’y-harakatlar tartibini belgilab oldilar hamda muzokaralar jarayonining borishini birgalikda tezlashtirishga kelishib oldilar.

Поделиться