O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

InnoWeek- 2019: Global innovatsion indeks mualliflari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tashkil etildi

2019-10-30 | Innovatsiya

InnoWeek- 2019 Innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan biri — Oʻzbekistonning Global innovatsion indeks (GII) koʻrsatkichida ilgʻor 50 mamlakatlar qatoridan oʻrin olishini taʼminlashga qaratilgan yurtimizning Global innovatsion indeks koʻrsatkichlarini yaxshilashga doir oʻtkazilgan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida respublikamizning vazirlik va idoralar xodimlari, mamlakatimiz hamda xorijiy mustaqil ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Global innovatsion indeks (The Global Innovation Index) – bu yirik tadqiqot natijasi boʻlib, unda mamlakatlarning innovatsion rivojlanishi darajasi koʻrsatkichlarga asoslangan holda baholanadi. INSEAD xalqaro biznes-maktabi metodikasi boʻyicha 82 ta turli xil koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi.

Global innovatsion indeks asoschilari ilk bora Oʻzbekiston innovatsion davlatlar roʻyxatiga kirishi uchun qanday choralar koʻrishi kerakligi haqida soʻz yuritdilar. Global innovatsion indeksning hammuallifi Sasha Vunch Vinsent davra suhbati ishtirokchilari bilan on-layn muloqot qilarkan, yurtimizdagi islohotlar, boʻlayotgan oʻzgarishlar Oʻzbekistonning Global innovatsion indeksga kirishi uchun zamin yaratayotgani haqida soʻzlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga, xususan Global indeksga kirish yoʻlidagi harakat va intilishlarga ijobiy baho berdi. Oʻz navbatida, Sasha Vunch Vinsent Oʻzbekiston davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgani statistik maʼlumotlarning shakl jihatdan talabga javob bermasligi ham Global innovatsion indeksga kirishimizga toʻsqinlik qilayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, davra suhbatini yuqori darajada tashkil etilishida yetakchi ilmiy-tahliliy kompaniyalaridan boʻlmish Elsvier kompaniyasi oʻzining yaqindan koʻmagini koʻrsatib, mamlakatimizning Innovatsion rivojlantirish strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarga erishishi uchun taklif va tavsiyalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etgan iqtisodchi-olim Raufxon Salaxojayev (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining katta ilmiy xodimi va ERGO Research kompaniyasining tadqiqotlar boʻyicha direktori) “Global innovatsion indeks: imkoniyatlar, istiqbollar va makroiqtisodiy samara” mavzusidagi maʼruzasi bilan chiqish qildi. Maʼruzada olimimiz mamlakatning innovatsion faoliyati uning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari bilan qanday bogʻliqlikka ega ekanligi haqida soʻz yuritdi. Xususan, GII mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kishi boshiga eksport darajasiga bogʻliq ekanini taʼkidladi.

Misol tariqasida, 2010-yili GIIda 101-oʻrinni egallagan Serbiya 2019-yilda 57-oʻrinni egallagini misol tariqasida koʻrib chiqildi. Raufxon Salaxojayevning fikricha, Serbiyaning bu muvaffaqiyatga ilmiy-tadqiqot ishlarining shiddat bilan rivojlangani va davlat muassasalari faoliyati sifatining oshgani bilan izohladi. Xususan, 2019-yili Serbiya 1 million aholiga olimlar soni boʻyicha dunyoda 39-oʻrinni egallagan boʻlsa, mamlakat yalpi mahsulotiga nisbatan ilmiy maqolalarning soni boʻyicha 4-oʻringa chiqqan.

Taqdimotda Oʻzbekiston innovatsion ekotizimini rivojlanishi uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatni yanada ragʻbatlantirish, huquqiy bazani mustahkamlash va kapital bozorini rivojlantirish taqozo etilishi lozimligi qayd etildi. Deylik, 1 million aholiga olimlar sonini Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi mamlakatlari darajasiga (2500 kishi) chiqarish orqali dunyo reytingida 4 pogʻona yuqorilash mumkin.

Поделиться