O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Norma ijodkorligi amaliyotiga yangi vositalar joriy qilinmoqda
2019-10-30 | Jamiyat
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Adliya organlari va muassasalarini 2030 yilgacha rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari to‘g‘risida» qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi (https://regulation.gov.uz/ru/document/9379).
Loyihaning asosiy vazifalaridan biri amalga oshirilayotgan yagona davlat huquq siyosati sifatini takomillashtirish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Loyihaning qabul qilinishi Adliya vazirligi norma ijodkorligi faoliyatining yaxshilanishiga xizmat qiladi, chunki «tartibga solish gilotinasi», «tartibga solish ta’sirini baholash», «faktik ta’sirni baholash» (ex-post tahlil), «gender-huquqiy ekspertiza», «ilmiy lingvistik ekspertiza» kabi yangi vositalar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tartibga solish gilotinasi
Birinchidan, norma ijodkorligining ilg‘or xorij tajribasi «tartibga solish gilotinasi» tadbirkorlik sub'yektlarining harajatlarini qisqartirish bo‘yicha eng samarali chora-tadbirlardan biri ekanligini ko‘rsatmoqda.
Tadbirkorlik sub'yektlari va fuqarolarga ma’muriy yukni kamaytirish mazkur vositaning asosiy vazifalaridan biridir.
Lekin bu amalda nimani anglatadi?
- tartibga solish gilotinasini joriy etish algoritmi oddiy va quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Tartibga solish gilotinasini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organni tayinlash lozim.
2. Vakolatli organ vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda biznesga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi barcha qonunchilik hujjatlari inventarizatsiyasini o‘tkazadi.
3. Har bir me’yoriy-huquqiy hujjat uning kelajakdagi taqdiriga doir qarorni qabul qilish maqsadida ma’lum bir filtrlardan o‘tadi. Tahlil chog‘ida norma yoki ma’muriy tartib-taomil uchtadan bir toifaga bo‘linadi: «saqlash», «soddalashtirish», «bekor qilish».
4. “Soddalashtirish», «bekor qilish» toifalari bo‘yicha vakolatli organ tomonidan yuqori organga mavjud normalarni soddalashtirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritiladi.
Ma’lumot uchun: Buyuk Britaniya hukumati 2011 - 2015 yillarda «RedTapeChallenge» «FocusonEnforcement», «CuttingRedTape» singari dasturlarni ishga tushirdi, ularning yakunlari bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlarining 5 yil davomida ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga rioya qilish bilan bog‘liq 10 mlrddan ortiq funt miqdoridagi xarajatlarini iqtisod qilishga erishildi.
Tartibga solish va faktik ta’sirni baholash
Ikkinchidan, Adliya vazirligi tomonidan huquq ijodkorligi faoliyatining yangi: «Huquqiy tartibga solish sifatsiz, o‘ylanmagan me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilishdan yaxshiroq».
Davlat organlari tomonidan tartibga soluvchi aralashuvlar bo‘yicha takliflar, shuningdek loyihalarning tartibga solish ta’sirini baholash mazkur shiorni amaliyotga joriy etishning institutsional asosini tashkil etishi darkor.
Norma ijodkorligi faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasiga muvofiq har qanday tartibga soluvchi tashabbus “sinov” deb atalmish bosqichdan o‘tishi lozim. Bu me’yoriy-huquqiy hujjatni ishlab chiqish haqida qaror qabul qilishdan oldin o‘ylab, joriy holat va taklif etilayotgan chora-tadbirlarni sifat va miqdor jihatdan baholash lozim.
Ma’lumot uchun: Tartibga soluvchi chora - bu tegishli sohadagi me’yoriy hujjat yordamida mavjud tartibni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki bekor qilish orqali muammoni hal qilish vositasidir.
Bu bosqich tashabbus bosqichidayoq maqsadga muvofiq bo‘lmagan tashabbuslarni saralash imkonini berib, vaqtincha, kadrlar bilan bog‘liq va moliyaviy harajatlarni iqtisod qilishga xizmat qiladi.
Yodda tutish muhim: mazkur bosqichda me’yoriy-huquqiy hujjatning tegishli loyihasini ishlab chiqish zarurati masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Loyihaning o‘zi hali ishlab chiqilmagan.
Me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgach, davlat boshqaruvi organi tartibga solishning majburiy baholanishini amalga oshiradi.
Gender-huquqiy ekspertiza
Joriy yilning 2 sentyabr kuni O‘zbekistonda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinib, u jamiyat hayotining barcha sohalarida erkaklar va ayollar tengligining huquqiy asoslarini yaratib berdi.
Shu bilan birga, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan loyihada me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korruptsiyaga qarshi, gender-huquqiy, ilmiy-lingvistik va boshqa ekspertizalarning institutsional, ilmiy va metodologik asoslarini yaratish va takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Xususan, erkaklar va ayollarga nisbatan bevosita yoki bilvosita diskriminatsiyani yaratib beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinishining oldini olish maqsadida Adliya vazirli tomonidan huquqiy ekspertiza doirasida gender-huquqiy ekspertiza ham o‘tkazilib, u o‘z navbatida me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini ayollar va erkaklar uchun kafolatli teng huquqlar ta’minlanishi tamoyillariga mosligi yuzasidan tahlil qilishdan iborat.
Shu tariqa, yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlar norma ijodkorligi jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek potentsial ravishda maqsadga muvofiq bo‘lmagan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kiritishga ketadigan byudjet mablag‘larining salmoqli qismini iqtisod qilish imkonini beradi.