O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy ta’lim tizimida "Korruptsiyasiz soha" loyihasi amalga oshirilmoqda

2019-10-30 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida oliy ta’lim tizimida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan videoselektor shaklidagi seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni hamda oliy ta’lim tizimida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosiga bag‘ishlanadi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni asosida korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.

Seminarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Kongratbay Sharipov boshlab berdi. Ular nutqlarida oliy ta’lim tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar hamda “Yo‘l xaritasi” 7 ta bo‘limni, ya’ni umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishga tiklash va nostrifikatsiya, OTMlar faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni o‘z ichiga olishi, shuningdek, 42 ta band ijrosiga vazirlik mas’ul etib belgilangani to‘g‘risida so‘z yuritdi. Qolaversa, vazirlik tomonidan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham batafsil bayon qildi.

Shu bilan birgalikda, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Matmurodov Batir Djoldasovich oliy ta’lim tizimida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” yuzasidan umumiy ma’lumot berib, unda belgilangan har bir vazifaning ijrosini o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarish, shuningdek, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga Vazirlik rahbarlari tomonidan beriladigan axborotni puxta tayyorlash zarurligi to‘g‘risida ta’kidladi.

Shu tartibda, Bosh prokuratura Akademiyasi Korruptsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i Ismailov Boxodir Islamovich “Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati”, ushbu markaz katta prokurori Xudayberdi Tursunbekov “Oliy ta’lim tizimida korruptsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning mazmun-mohiyati”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Toshmatov Salohiddin Zayniddinovich “Ta’lim tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash” mavzularida ma’ruza qildilar.

Seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar xodimlari, boshqarma va bo‘limlar boshliqlari, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda uning Akademiyasi xodimlari ishtirok etdi.

Seminar yakunida bu muhim masalada belgilangan vazifalarni hamma mas’ul va manfaatdor tomonlar, ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda sidqidildan bajarishga va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tizimning barcha salohiyatini safarbar etishga kelishib olindi.

Поделиться