O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta ijrochi vitse-prezidenti K.Koshikava bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-10-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-oktabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta ijrochi vitse-prezidenti K.Koshikava bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida sanoat va ijtimoiy sohalarda O‘zbekiston aholisining turmush sifatini oshirishga qaratilgan strategik muhim loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha joriy hamkorlikning borishi muhokama etildi.

Shuningdek, o‘rta muddatli istiqboldagi o‘zaro aloqalarning ustivor yo‘nalishlari, xususan, elektr energetikasi va qishloq xo‘jaligi sohalarida ishlab chiqilayotgan loyihalar ko‘rib chiqildi. Bu boradagi kelishuvlar joriy yilning oxiriga qadar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash JICA ning O‘zbekistondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri - insult va nevrologiya markazining qurilishi bo‘yicha loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, bu bilan bir vaqtda ixtisoslashgan tibbiy ta’lim muassasalarini tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlashni moliyalashtirish hamda O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan dori preparatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Ta’lim sohasida volontyorlar dasturini davom ettirish, kadrlar tayyorlash va beg‘araz ko‘mak ko‘rsatishni jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Bu borada 2001 yildan buyon ishlab kelayotgan hamda texnik jihozlash va tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha qator tadbirlar belgilab olingan O‘zbek-Yapon markazi hamda O‘zbek-Yapon innovatsiyalar yoshlar markazi faoliyatining muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, JDS i SDGs Global Leadership Program dasturlari doirasida davlat boshqaruvi sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. Mazkur yo‘nalishdagi sheriklik nafaqat xorijda ta’lim olish, balki O‘zbekiston iqtisodiyotida ustivor sektorlarni rivojlantirish maqsadida yapon ekspertlarini tajriba almashish uchun jalb etishni ham o‘z ichiga oladi.

Yaponiyaning SATREPS (Science and Technology Research Partnership for Sustainable Development) dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan hududni ekologik tiklash va Orol fojeasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha istiqbolli loyihaviy takliflarni ko‘rib chiqish masalasi alohida muhokama etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikning aniqlab olingan yo‘nalishlari doirasida kelgusida ishlab chiqish va o‘rganib chiqish uchun qator masalalarni belgilab olishdi.

Поделиться