O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri ishtirokida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yig’ilishlar bo’lib o’tdi

2019-10-29 | Xavfsizlik sohasi

So’nggi uch yil ichida mamlakatimizning barcha hududlaridagi islohotlar jarayoni jadallashib, respublikamizning tashqi va ichki siyosatida tub o’zgarishlar amalga oshirildi. Ushbu harakatlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida, eng avvalo, yurt tinchligi va osoyishtaligini, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimi oldiga zamon talabiga mos ravishda ish olib borish, “Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati” tamoyilidan kelib chiqqan holda, nafaqat sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, balki ularni keltirib chiqaruvchi omillarni chuqur tahlil etgan holda faoliyat ko’rsatish ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi.

2019 yilning 26 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po’lat Bobojonov Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida sayyor yig’ilish o’tkazdi.

Yig’ilishda viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashishda erishilgan yutuqlar va qayd etilgan ijobiy natijalar e’tirof etilishi barobarida, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi kamchiliklar chuqur tahlil qilinib, kelgusida ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig’ilish davomida viloyatda amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning o’tgan davrida qayd etilgan jinoyatlar soni 24,1 foizga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar esa 31,2 foizga kamaygani, hududda majud 768 ta mahallaning 381 tasida, ya’ni deyarli yarmida  jinoyat sodir etilishiga yo’l qo’yilmaganligi e’tirof etildi.

Biroq keyingi vaqtlarda viloyatda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlarda sustkashlikka yo’l qo’yilganligi tanqidiy nuqtai nazardan ko’rib chiqildi. Jumladan, viloyatda 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan sentyabr oyida sodir etilgan jinoyatlar soni ortganiga e’tibor qaratildi.

Buning sabab va shart-sharoitlari o’rganilganda, aksariyat jinoyatlarning barvaqt oldini olish imkoniyati mavjud bo’lsada, ichki ishlar organlari va keng jamoatchilik hamkorligi etarli darajada tashkil etilmagani bois, jinoyatlar soni ortishiga yo’l qo’yilgan.

Bugungi kunda viloyatda shakllangan kriminogen vaziyatga baho berilib, joylarda jinoyatlarni aholi o’rtasidagi muhokamalari sifatli o’tkazilmayotganligi, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida profilatik chora-tadbirlarni etarli tashkil etmaganligi uchun tegishli sohaviy xizmat va hududiy IIBlar boshliqlari ogohlantirildi.

Shuningdek, viloyat IIB boshlig’i, polkovnik D.Tursunboev egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi ma’lum qilinib, Surxondaryo viloyati IIB boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan polkovnik Sh.Sotvoldiev Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

Yig’ilish yakuniga ko’ra viloyatda mavjud muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olishga yanada kengroq e’tibor qaratish, fuqarolarda mavjud muammoli masalalarga yaqindan yondashish yuzasidan aniq vazifalar belgilanib, mas’ul rahbarlarga muhim topshiriqlar berildi.

Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.Bobojonov joriy yiling 27 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatiga ham bordi. Ichki ishlar vazirining Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi doirasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat rahbarlari hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar bo’limlari boshliqlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Unda hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi omillarini bartaraf etish borasida ko’rilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o’tgan davrida viloyatda umumiy jinoyatlar o’tgan yilga nisbatan 22,6 foizga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 39,1 foizga kamayishiga erishilib, birorta ham shahar va tumanda jinoyatchilik o’sishiga yo’l qo’yilmagani hamda viloyatdagi 718 ta mahallaning 442 tasida (61%) jinoyat sodir etilmagani alohida qayd etib o’tildi.

Yig’ilishda ichki ishlar bo’limi xodimlarining muomala madaniyati, xizmat intizomiga qat’iy rioya etishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, xotin-qizlar, voyaga etmaganlar bilan ishlash borasidagi ayrim xato va kamchiliklarga to’xtalib o’tildi.

Bundan tashqari, Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Uzun, Oltinsoy, Qiziriq va Sherobod tumanlari Ichki ishlar bo’limlari boshliqlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusi asosida ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi xususida tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Yig’ilish davomida Ichki ishlar vazirining buyrug’i bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i lavozimiga Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarlik profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan polkovnik A.Ismoilov tayinlanganligi e’lon qilindi.

Tadbir so’nggida viloyatdagi krimenogen vaziyatni yanda yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish, xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan muhim vazifalar belgilandi.

Поделиться