O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Slovakiya elchisi Toshkentda “Tinchlik daraxti” loyihasini amalga oshirish taklifini bildirdi

2019-10-29 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimi Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yan Borini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar istiqbollari muhokama etildi.

Slovakiya elchisi Jahongir Artikxodjayevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. 2018-yilda slovakiyalik landshaft arxitektori Marek Soboloy tomonidan “Tinchlik daraxti” loyihasi ilgari surilganligini ma’lum qilib, toshkentliklarni ushbu tashabbusga birlashishga chorladi. Xususan, Do‘stlik bog‘idagi “Tinchlik qo‘ng‘irog‘i”ning yonida “Tinchlik daraxti”ni ekishni taklif qildi.

Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston poytaxti Slovakiyaning shaharlari va yirik kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi. Xususan, yaqin orada Toshkentda yana bir manzarali bog‘ni tashkil qilish yuzasidan loyiha tayyorlanayotganligini aytib o‘tdi. Rejaga ko‘ra,  unda dunyodagi barcha davlatlar uchun alohida joy ajratilishi mo‘ljallanmoqda. Ushbu tashabbus amalga oshsa, yurtimizdagi diplomatik korpus vakillari mazkur bog‘da ular uchun ajratilgan hududga ona vatanida sevimli va qadrli bo‘lgan nihollarni ekadilar. Suhbat davomida Toshkent shahar hokimi Do‘stlik bog‘iga “Tinchlik daraxti”ni ekish masalasida ham amaliy yordamga tayyorligini bildirdi.

O‘zaro muloqot davomida axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika va chiqindilarni qayta ishlash sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi va Slovakiya tomoni bu  borada investorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, Yan Bori Slovakiyada ekologik barqaror va iqtisodiy samarador loyihalarni amalga joriy etish yuzasidan ko‘p ishlar qilinayotganligini ta’kidlab, bu yo‘nalishda ham birgalikda ishlashni taklif etdi.

Tomonlar ikki tomon uchun ham foydali bo‘lgan bunday muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Поделиться