O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shaffof va adolatli soliq to‘lash mexanizmini yaratish - asosiy maqsad

2019-10-29 | Jamiyat

28-oktabr kuni Davlat soliq qo‘mitasida Rossiya Federatsiyasining professional ta’lim instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ekspertlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan ko‘chmas mulkka soliq solishni takomillashtirish kontseptsiyasining metodikasi va asosiy bosqichlari muhokama qilindi.

Ushbu tizimni joriy etishdan asosiy maqsad - mamlakatda ko‘chmas mulkka soliq solish tizimini optimallashtirish, tizim shaffof, oshkora va adolatli bo‘lishi uchun yuqori sifatli mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat.

Iqtisod fanlari doktori, professor, ko‘chmas mulkka soliq solish yo‘nalishi bo‘yicha rahbar N.V. Volovich va institut rektori, loyiha menejeri Y.V. Usova DSQning bir nechta boshqarmalari, xususan, strategik rivojlantirish, jismoniy shaxslarga soliq solish, yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish, kameral nazorat va AKT tuzilmalari faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi mutaxassislari bilan ham muzokaralar olib borishdi. Bundan tashqari, Moliya vazirligi va hokimiyatda uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, aniq tavsiyalar asosida O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka soliq solishni takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Поделиться