O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Itochu Corporation kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari T.Imaizumi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-10-29 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 28-oktabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Itochu Corporation kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari T.Imaizumi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida istiqbolli sohalardagi yapon tomoni bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan investitsiyaviy loyihalar, shuningdek, Yaponiyaga foydali qazilmalar va kimyoviy mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha eksport kelishuvlari muhokama etildi. O‘zbekistondagi sheriklar bilan muzokaralarning hozirgi holati ko‘zdan kechirildi. Mavjud masalalar o‘rganilib, ularni hal etish va yakuniy shartnomalarga erishish maqsadida takliflar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunida shuningdek, sanoat infratuzilmasi bilan tashishish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha samarali mulokotlar o‘tkazish uchun Itochu Corporation kompaniyasi rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish belgilab olindi.