O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Koreya kooperatsion birjasi
2019-10-29 | Iqtisodiyot
2019-yil 28-oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston-Koreya kooperatsion birjasi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston va Koreya ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat. Tadbirda ikki mamlakatning nufuzli kompaniyalari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Koreya va O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida LED-displeylar, qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish, tibbiyot uskunalari, kosmetika mahsulotlari, xavoni tozalovchi uskunalarni ishlab chiqarish kabi sohalarda qo‘shma biznes loyihalarini amalga oshirish uchun yakka tartibda muzokaralar tashkil etildi.
Tadbir davomida Koreya Respublikasi delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Birja doirasida bir qator kelishuvlar va memorandumlar imzolandi.