O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri yoshlar bilan uchrashdi

2019-10-28 | Jamiyat

Bugungi kunda O‘zbekistonda 33 mln. 697 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib, ularning 18 mln. 119 mingdan ortig‘ini (53,7 %) yoshlar tashkil etadi.

Ular kuch, intilish va ambitsiyalarga to‘la holda katta hayotga qadam qo‘yadilar. Ular mamlakatning boyligi, potentsiali, ertangi kunidir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini to‘g‘ri tushuntirish, shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan bir qancha sa’y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 25-oktabr kuni Adliya vazirligi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida huquqiy sohada tahsil oluvchi hamda adliya sohasiga qiziquvchi, shuningdek huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud bo‘lgan yoshlarni jalb etgan holda Adliya vazirligida “Adliya vaziri va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Adliya vazirligiga ekskursiyasi tashkil etilib, unda sohaga qiziqqan yuzdan ortiq ilg‘or yoshlarga vazirlikning ichki tuzilmasi, boshqarmalar va bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun imkoniyat yaratildi. Shuningdek, norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funktsiyalarning amalga oshirilishi jarayoniga guvoh bo‘ldilar.

Vazirlik tarixi, bugungi kundagi faoliyati va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi taqdimot va Adliya organlari tarixi muzeyiga tashrif yoshlarga adliya organlari to‘g‘risida yanada aniq, mukammal tasavvurga ega bo‘lishlariga sabab bo‘ldi.

Tadbirning asosiy qismi yoshlarning Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosar va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayev bilan uchrashuvi orqali davom ettirildi. Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati, yoshlar uchun qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqishlarini inobatga olgan holda qiziqarli savol-javoblar, huquqiy viktorinalar ham yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Faol ishtirokchilarga adliya vaziri hamda Yoshlar ittifoqi rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Поделиться