O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taraqqiyot sari hamkorlik bo‘yicha “O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi” qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi

2019-10-28 | Iqtisodiyot

2019-yilning 23-oktabr kuni “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida taraqqiyot sari hamkorlik bo‘yicha “O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi” qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomonidan hamrais sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sh.Vafayev ishtirok etdi. Yevropa tomonidan Yevropa komissiyasining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Janubiy Afrika bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Rafaella Yodiche qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralari vakillari ham ishtirok etdi.

Qo‘mita ishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan: hozirgi va ishlab chiqilayotgan loyihalarning holati hamda islohotlar, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini muhokama etish.

Kun tartibidan qishloq xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ta’lim, xavfsizlik sohalarida loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiy hamkorlik masalalarining muhokamasi o‘rin oldi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2014-2020-yillarda hamkorlikning indikativ dasturlari doirasida 65 million yevroga teng ishlab chiqilayotgan loyihalar, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha 2019-yil 17-iyunda qabul qilingan “Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo: mustahkam hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar” yangi Strategiyasiga aloqador 2021-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikning yangi indikativ dasturining ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sh.Vafayevning Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiye bo‘yicha maxsus vakili P.Burian bilan aloxida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Поделиться