O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
STEAM Fest birinchi xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi
2019-10-28 | Ta’lim
26-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida STEAM Fest birinchi xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.
Birinchi xalqaro zamonaviy ta’lim usullari festivali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazildi. Tadbir hamkorlari MIND Champ (O‘zbekiston) va New Generation (Ukraina).
Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlar orasida tabiiy fanlarni keng targ‘ib qilish hamda STEAM (Science - fan, Technology - texnologiya, Engineering - muhandislik, Art - san’at, Math - matematika) ta’limi sohasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganishni ta’minlashdir.
STEAMning maqsadi - o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish hamda ularni fan, texnologiya, muhandislik, matematika va san’at kabi fanlardan olgan bilimlarini samarali qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. Shu bilan birga, STEAM ta’limi murakkab o‘quv loyihalarini amalga oshirishda fanlarni o‘zaro uyg‘unlikda o‘rganish imkonini beradi.