O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

The Luxury Symposium 2019 tadbirida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi

2019-10-25 | Turizm

21-22 oktabr kunlari Dehli shahri (Hindiston)da The Luxury Symposium 2019 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman turli davlatlar vakillari, jahonga mashhur ijodkorlar, xalqaro biznes yetakchilari, ishbilarmonlar va sarmoyadorlarni bir platformada jamladi. Tadbir Luxury League notijorat jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan.

O‘zbekiston hamda Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari madaniyat va san'at kabi ko‘plab yo‘nalishlarda faol rivojlanmoqda. 2020-yilda O‘zbekiston amaliy san'at ustalaridan iborat delegatsiyaning Hindistondagi eng yirik Hunarmandchilik festivalida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

“Biz O‘zbekistonning Hindistondagi turizm va madaniyat elchisi Ritu Beri bilan hamkorlikda ko‘plab tadbirlar o‘tkazganmiz. Joriy yilning aprelida o‘tkazilgan yirik “Ferghana Fantasy” shousi shular jumlasidandir. Tadbirning maqsadi an'analar va amaliy san'at, xususan, o‘zbek xon atlasi, adrasi va hind kadisini birlashtirishdan iborat edi,- dedi O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziev. – The Luxury Symposium — O‘zbekistonning turistik, madaniy va eksport salohiyatini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan samarali platforma”.

The Luxury Symposium 2019 tadbirida O‘zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etib, u yerda Hindiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, shuningdek turli hududlarning turistik salohiyati namoyish etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi nomidan rais o‘rinbosari Ulug‘bek A'zamov hamda  Samarqand, Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Hunarmandlar uyushmasi, eksportchi kompaniyalar, nashriyot uylari, parfyumer brendlari, fashion dizaynerlardan iborat 60 kishilik delegasiya ishtirok etdi.

“Hunarmandchilik mahsulotlari bizning madaniyatimiz va turizm mahsulotlarimiz qatorini yanada boyitib, yurtimiz jozibasini oshirishga yordam beradi. Biz O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari ko‘magida bu kabi tadbirlarni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazishni rejalashtiryapmiz”, - dedi Ulug‘bek A'zamov.

The Luxury League notijorat jamg‘armasining hammuassisi O‘zbekistonning Hindistondagi madaniyat va turizm elchisi Ritu Beri hisoblanadi. Uning ta'kidlashicha, The Luxury Symposium ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida xizmat qiladi: “O‘zbekistonliklar milliy matolari, ayniqsa so‘zanadan foydalanishda ajoyib imkoniyatlarga ega. The Luxury Symposium ishtirokchilari tadbir doirasida dunyoga mashhur nashrlarga interv'yu berish, Bollivud va hindistonlik dizaynerlar bilan hamkorlik qilish, yangi kolleksiyalar yaratish hamda tajriba almashishlari mumkin. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot uchun qulay platformadir. O‘ylashimcha, O‘zbekiston va Hindistonning bir-biridan o‘rganadigan jihatlari ko‘p. The Luxury Symposium’da ishtirok etish bir birimizga rivojlanishda yordam berish maqsadida muloqot qilish, o‘rganish, tushunish va sa'y-harakatlarni birlashtirish  uchun ayni muddaodir”.

Shuningdek, “The Luxury Symposium” doirasida madaniy meros va amaliy san'atni asrashga yo‘naltirilgan muloqotlar seriyasi o‘tkazildi. Simpozium davomida bo‘lib o‘tgan yarmarka esa Hindiston aholisini o‘zbek madaniyati bilan tanishtirish hamda yangi hamkorlarni  topishda muhim ahamiyat kasb etdi. Nufuzli ko‘rgazmada O‘zbekistonning “Anor Couture”, “Dilnoz”, “Dilrabo Design”,  “Begim Treasure Collection”, “Bukhara Brillian Silk”, Hunarmandlar uyushmasi, “Visit Uzbekistan” jurnali hamda “Dinara&Co.” o‘z stendlari bilan ishtirok etishdi. Ikki mamlakat vakillari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar muvaffaqiyati munosabati bilan ikki tomon vakillari ishtirokida O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan tantanali qabul marosimi tashkil etildi.

Поделиться