O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Fin Tech Abu Dhabi” tanlovida Oʻzbekiston jamoasi g’olib boʻldi!

2019-10-25 | Innovatsiya

2019-yilning 21-oktyabridan 23-oktyabrigacha Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida butun dunyo bo‘ylab 5000 dan ortiq sarmoyador va innovatorlarni to‘plagan eng yirik xalqaro startap festivallaridan biri – MENA FinTech festivali bo‘lib o‘tdi.

Bu yil IT Park tomonidan o‘tkazilgan Unbound Tashkent saralash bosqichida ishtirok etgan «Mayasoft Ltd» (to‘lov kartalarining barcha turlaridan to‘lovlarni istalgan usulda – kontakt va kontaktsiz chip yoki magnit tasma orqali qabul qilish imkonini beruvchi PoS mobil terminali) jamoasi birinchi marta O‘zbekistondan ishtirok etdi.

 “Mayasoft Ltd” loyihasi nafaqat katta qiziqish bilan kutib olindi, balki “EMERGING MARKETS FINTECH” nominatsiyasi gʻolibi ham boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, “FinTech Abu Dhabi” xalqaro startap tanlovi moliyaviy texnologiyalar sohasidagi loyihalarni toʻplaydi, finalda esa, 50 ta eng yaxshi jamoa va butun dunyo boʻyicha 5000 dan ortiq sarmoyadorlar va mehmonlar ishtirok etadi.

Поделиться