O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya va Rossiya Federatsiyasi bilan investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2019-10-25 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24-oktabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yaponiya hamda Rossiya Federatsiyasi bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirliklar, mutasaddi idoralar, hududiy bo‘linmalar va diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida yaponiyalik va rossiyalik sheriklar bilan eksport shartnomalarini imzolash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlarni o‘rganib chiqish bo‘yicha ishning hozirgi holati ko‘zdan kechirildi va tahlil qilindi.

Vazirlik rahbariyati tomonidan teng manfaatli shartlar orqali aniq kelishuvlarga erishish maqsadida har bir salohiyatli investor va buyurtmachi bilan ishlashda izchil va alohida yondashuvning zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Salohiyatli sheriklar bilan muzokaralarda mavjud masalalarni hal etish, zarurat bo‘lgan holatlarda ishchi guruhini muhokamadagi loyihalarni puxta ishlab chiqish uchun tegishli davlatga yuborish bo‘yicha mas’ul rahbarlar va xodimlarga topshiriqlar berildi. Erishilgan natijalar vazirlik rahbariyati hamda biriktirilgan xodimlar tomonidan doimiy asosda kuzatib boriladi.

Muhokama yakuni bo‘yicha xorijiy sheriklar bilan onlayn sessiyalar va manzilli uchrashuvlarni doimiy asosda tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Поделиться