O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Butunjahon harbiy sport o‘yinlari: O‘zbekiston o‘z hisobiga 5-oltin medalni yozib qo‘ydi

2019-10-25 | Sport

Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlari davom etmoqda. Ayni vaqtda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sportchilari 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 8-o‘rinda ketmoqda.

18-oktabr kuni boshlangan harbiy sport o‘yinlarida 136 dan ortiq mamlakati vakillari 27 ta sport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bormoqda.

Butunjahon harbiy sport kengashi (CISM) tomonidan «Sport orqali birodarlik» shiori ostida har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan musobaqadan asosiy maqsad, tom ma’noda dunyoda tinchlik o‘rnatishga, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu yil o‘z tarixida yettinchi marta tashkil etilayotgan musobaqa o‘tgan vaqt davomida harbiy sportchilarning o‘ziga xos Olimpiadasi darajasiga ko‘tarilgan.

Asosan Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolaridan tashkil topgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari terma jamoasi 6 ta sport turi bo‘yicha bahslarida ishtirok etmoqda – boks, dzyudo, taekvondo, yengil atletika, ot sporti va tennis.

Dzyudo bo‘yicha o‘zbekistonlik harbiy sportchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi:

 -66 kg vazn toifasida Artyom Shturbabin – oltin;
 -73 kg vazn toifasida Hikmatullo To‘rayev – oltin;
-66 kg vazn toifasida Muhriddin Tilolov – kumush;
 +100 kg vazn toifasida Bekmurod Oltiboyev – kumush.

Ayollar o‘rtasida:

-52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova; – bronza;
-70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyozova – bronza.

Taekvonda bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda esa, jamoamiz 3 ta oltin medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida tatamiga ko‘tarilgan hamyurtimiz Madinabonu Mannopova Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Germaniyadan kelgan sportchilarni ortda qoldirib, finalga qadar yetib bordi. Finalda misrlik Abdesalam Nourga qarshi jang qilgan Mannopova ochkolar hisobida ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 58 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar ichida Ulug‘bek Rashitovga teng keladigani topilmadi. Xitoylik raqibini finalda yer tishlatgan Ulug‘bek O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin medalni yozib qo‘ydi.

+73 kg vazn toifasida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan taekvondo bahslarida Svetlana Osipova o‘zining professional sportchi ekanligini ko‘rsatdi. U final jangida Fransiyadan kelgan Solene Avoilette ustidan g‘alabaga erishib, beshinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, hozircha O‘zbekiston jamoasi 5 ta oltin bilan peshqadamlar qatorida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, VII Butunjahon harbiy sport o‘yinlari 27-oktabr kuni yakuniga yetadi.

Поделиться