O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ipak yoʻlining qudrati: Ajoyib Xitoy

2019-10-25 | Madaniyat

Toshkent fotosuratlar uyida Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan “Ipak yoʻlining qudrati: ajoyib Xitoy” nomli koʻrgazma tashkil etildi.

Unda Xitoyning Dalyan Badiiy akademiyasi rassomlar uyushmasi aʼzolarining anʼanaviy rangtasvir asarlari tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilmoqda.
 
Ekspozitsiyada zamonaviy Xitoy rangtasvirining Chjan Lun Sin, Kuan Syao Szin, Li Min, Yan Lan Shen, Yan Xuey Dun, Du Sun Ju singari tasviriy sanʼat ustalarining oltmishdan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.
 
Asarlarda mamlakatning goʻzal, vazmin va sokin tabiati, maftunkor manzaralari lirik va adabiy talqin etilgan. Anʼanaviy xitoy rangtasviri ranglar va chiziqlar nihoyatda nafisligi bilan ajralib turadi. Kartinalar tomoshabinda falsafiy mushohada uygʻotib, uning nafosat olamini tarbiyalashga xizmat qiladi. Xitoyning betakror tabiati, togʻlariyu sharsharalari, zumrad oʻrmonlari, oʻsimliklar boy dunyosi haqida hikoya qiluvchi ushbu koʻrgazma tomoshabinlarda katta taassurot uygʻotmoqda.
 

N.USMONOVA, OʻzA

Поделиться