O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tanzila Narbayeva Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan bilan uchrashdi
2019-10-25 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida qator mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Prezident Armen Sarkisyan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ulkan yutuqlar va mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotganini ta’kidladi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni, shu jumladan parlament va hukumat tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish muhimligini qayd etdilar.