O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Fransiya elchisi bilan uchrashdi

2019-10-24 | Siyosat

Joriy yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Izabel Servoz-Galluchchi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad vazirlik faoliyati bilan tanishish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

R. Davletov mehmonlarni qutlar ekan, ularni vazirlik tuzilmasi, uning asosiy vazifalari va faoliyati bilan tanishtirdi, shuningdek, adliya organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida I. Servoz-Galluchchi R. Davletovga samimiy uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning zamonaviy bosqichida vazirlik tomonidan yangi vazifalar amalga oshirilishida ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Fransiya Respublikasining muhrini saqlovchi Adliya vazirligi o‘rtasida almashinuv va huquqiy hamkorlik to‘g‘risida imzolangan Ma’muriy kelishuv doirasida ikki mamlakat adliya organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Ta’kidlash joizki, uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan Ma’muriy kelishuvning amaliy ijrosi bo‘yicha Ishchi guruh tuzish va xalqaro ekspertlar ishtirokida stajirovkalar va seminar-treninglar tashkil etishni ko‘zda tutuvchi «Yo‘l xaritasi», shuningdek mazkur Kelishuvni samarali amalga oshirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib oldi.

Поделиться