O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Eksimbanki (Eksport-import banki) Prezidenti K.Rid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-10-24 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 22-oktabr kuni Vashingtonda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov AQSh Eksimbanki (Eksport-import banki) Prezidenti K.Rid bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatining jadal rivojlanishini hisobga olib, hamkorlik va uni kengaytirish istiqbollari, o‘tkazilayotgan islohotlar tufayli sheriklik uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda mamlakatning kredit reytinglarini yaxshilash borasida fikr almashdilar.
Sanoat va infratuzilmaviy qurilish sohasida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish, kichik va o‘rta biznes sub'yektlarini kreditlash hajmini ko‘paytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Amerikaning yuqori texnologiyali jihozlarini xarid qilishda AQSh Eksimbankining yordami imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tomonlar O‘zbekiston tijorat banklari bilan avvalgi kelishuvlar doirasida jalb etilgan mablag‘ni o‘zlashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar yuzasidan kelishib oldilar.