O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Savdo vakolatxonasi rahbariyati bilan uchrashdi

2019-10-24 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 22-oktabr kuni Vashingtonda O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh Savdo vakolatxonasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda AQSh bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xususan, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bilan uning global bozorga integratsiyasi jarayonidagi aloqalar istiqbollari hamda asosiy sheriklar bilan mustahkam savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

AQSh qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekistonni bozor iqtisodiyoti davlati sifatida e’tirof etish hamkorlikni jadallashtirishning muhim qadami bo‘lishi ta’kidlandi. Bu o‘z navbatida o‘zaro savdo uchun mavjud bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish imkonini beradi.

Bu borada muloqotda O‘zbekistonni GSP tizimi benefitsiari sifatida joriy maqomini saqlab qolish istagi haqida so‘z bordi. Amerika tomonidan intellektual mulk huquqini himoya qilish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha Hukumatimiz tarafidan olib borilgan chora-tadbirlar yuqori baholandi.

Savdo vakolatxonasi rahbariyati Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha navbatdagi muzokaralarda O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

AQSh Savdo vakolatxonasi - AQSh savdo qonunchiligini ishlab chiqish, ikki va ko‘p tomonlama savdo kelishuvlarini tuzish, tashqi savdo siyosatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanuvchi AQSh hukumati agentligi (vazirlik) sanaladi. AQSh Prezidenti ijro ofisining bir qismi hisoblanadi.  

Поделиться