O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindistonning Gujarat shtati rasmiy delegatsiyasi Innovatsion rivojlanish vaziri bilan uchrashdi

2019-10-23 | Iqtisodiyot

22-oktabr kuni Gujarat shtati rasmiy delegatsiyasining Oʼzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Hindiston davlat idoralari mutasaddilari va kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdi.Uchrashuvda Gujarat shtati bosh vaziri idorasining masʼul xodimi D.X.Shax, Hindistonning Oʼzbekistondagi elchixonasi Аxborot texnologiyalar boʼyicha maslahatchisi J.Partxasartxi, “KPMG” konsalting kompaniyasi direktori S.Vagxela, “Silvertouch” hamda “DEV ITPL” kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Suhbat davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan Hindistonlik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar holati, shuningdek “Silvertouch”, “DEV ITPL” hamda “KPMG” kompaniyalari bilan texnologiyalar, innovatsiyalar, transport va huquqshunoslik sohasida aloqalar oʼrnatish masalalar muhokama qilindi.

I. Аbdurahmonov Prezidentimizning joriy yil 18-yanvarida Hindistonga amaliy tashrifi doirasida Gandinagare shahrida boʼlib oʼtgan “Joʼshqin Gujarat” IX xalqaro investitsiya sammitida sarmoyadorlarni Oʼzbekistonga jalb qilish, turli sohalarda istiqboli loyihalarni amalga oshirish boʼyicha ilgari surilgan qator taklif va tashabbuslar amalga oshirilayotgani qayd etib, Hindistonning “Bharat Biotech International LLC” bilan hamkorlik natijasida yurtimizga“Rotavac” rotavirus vaktsinasi, ich terlama kasalligiga qarshi “Typbar” vaktsinasi, hamda kuygan teri ochiq yaralarni davolovchi, diabetik tovon profilaktikasi uchun preparatlar 50 foizli chegirma bilan respublikamizga import qilinayotganini taʼkidladi. Shuningdek, Аndijon viloyatida 5 gektar maydonda qoʼshma urugʼchilik klasteri tashkil etilayotgani haqida maʼlumot berildi.

Hindistonlik mehmonlar hamkorlikka tayyor ekanliklarini taʼkidlab, axborot texnologiyalari, elektron hukumat, startap loyihalar, “aqlli shahar” yoʼnalishlarida birgalikda loyihalar amalga oshirishga oʼz qiziqishlarini bildirdilar.

Uchrashuv natijalariga koʼra innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazi va “iCreate” tashkiloti startap ekotizimini rivojlantirish boʼyicha ikki tomonlama aloqalarni oʼrnatishga kelishdilar. Mazkur hamkorlik innovatsion sohada faoliyat yuritayotgan yoki yuritish istagida boʼlgan tadbirkorlarga hindistonlik biznes vakillarining tajribalaridan foydalangan holda oʼz bizneslarini yoʼlga qoʼyish uchun imkoniyat yaratadi.

Bundan tashqari hindistonlik va oʼzbekistonlik talabalar oʼrtasida almashinuv dasturi boʼyicha hamkorlikni yoʼlga qoʼyish taklif etildi. Dasturda Gujarat Forensic Science University va Toshkent davlat yuridik instituti hamda Pandit Neftь mahsulotlari universiteti (Pandit Deendayal Petroleum University, Gujarat) va Toshkent shahridagi Rossiya davlat neftь va gaz universiteti filiali oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida memorandum tuzilishi kutilmoqda.

Поделиться