O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muslim Women in Travel 2019: O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar o‘ntaligidan joy oldi

2019-10-23 | Turizm

“Mastercard” moliya tashkiloti va “CrescentRating” agentligi tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi.  

Ekspertlarga ko‘ra, xavfsizlik va diniy ibodatlar, jumladan, islomiy liboslarga bo‘lgan bag‘rikenglik musulmon ayol sayyohlar uchun eng muhim ahamiyatga ega ikki o‘lchov hisoblanadi.  2019 yilning 17 oktabr kuni Singapurda o‘tkazilagan “Halal in Travel Asia” sammiti doirasida e'lon qilingan hisobotga muvofiq, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a'zo mamlakatlar orasida xavfsizlik va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha yuqori o‘rinni egallagan mamlakatlar o‘ntaligidan joy olgan. Qatar, Ummon, Bruney, Turkiya, BAA, Kuvayt va Maldiv davlatlari navbat bilan ro‘yxatning yuqori o‘rinlarini zabt etgan.

O‘zbekiston ushbu ro‘yxatning sakkizinchi o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, Indoneziya va Malayziya undan keyingi o‘rinlarda kelgan. “Muslim Women in Travel 2019” hisoboti musulmon ayollar sayohatiga oid jahon miqyosidagi ilk tadqiqot bo‘lib, unda asosan Janubiy-Sharqiy Osiyo mamalakatlaridan 3300 nafar musulmon ayol ishtirok etgan.

Hisobotga ko‘ra, musulmon ayollar sayohati jahon turizm bozorida eng tezkor rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi. Musulmon o‘lkalardagi ayollarning daromadlari oshib borayotgani va ularning ta'lim darajasi yuqorilayotligi ularni sayohatga chiqishga undamoqda, deyiladi hisobotda. 

Поделиться