O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tashqi ishlar vazirligining Namangan viloyatini rivojlantirishga oid axboroti eshitildi

2019-10-23 | Siyosat

2019-yil 22-oktabr kuni Namangan viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Tashqi ishlar vazirligining Namangan viloyatini rivojlantirishga oid axboroti eshitildi.

Tadbirda Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat hokimligi mutasaddilari, vazirlik va idoralar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Namangan viloyatiga 300 dan ortiq xorijiy investor va tadbirkorlarning tashrifi uyushtirildi. Shu bilan birga, viloyatning shahar va tumanlari xokimligi hamda bir qator tadbirkorlarning xorijiy davlatlarga 30 dan ortiq safari elchixonalar tomonidan tashkillashtirildi.

Tashqi ishlar vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi tomonidan Namangan shahrida 2019-yil 7-8-iyun kunlari ilk bor Xalqaro investitsiya forumi va Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining milliy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Elchixonalarimizning faol tashabbuskorligi natijasida 30 ta davlatdan 350 ga yaqin xorijiy ishbilarmonlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillarining mazkur forumdagi ishtiroki ta’minlandi. Mazkur forum doirasida umumiy qiymati 358 mln. dollarga teng bo‘lgan 48 ta loyiha imzolandi. Shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar - 340 mln. dollarni tashkil qiladi. 

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va Namangan viloyatiga biriktirilgan elchixonalar tomonidan nafaqat xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, balki viloyatning eksportini rag‘batlantirish, xorijiy sayyohlarning sonini ko‘paytirish hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish va infratuzulmani modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani xususida ham ma’lumotlar berildi. Jumladan, eksport yo‘nalishida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun elchixonalar ishtirokida yangi bozorlar o‘zlashtirilmoqda. Misol uchun, joriy yilda ilk bor Namangan viloyatida yetishtirilgan oliy navli 500 kilodan iborat bo‘lgan gilos Buyuk Britaniya bozozoriga olib chiqildi. Shu bilan birga, Pokiston Respublikasiga tekstil mahsulotlari va dukkakli mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Viloyatning infratuzilmasini modernizatsiya qilish chora-tadbirlar doirasida O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonamiz tashabbusi bilan Namangan viloyatida suv ta’minotini rivojlantirish uchun OPEK jamg‘armasining 54 mln. dollar miqdordagi imtiyozli krediti jalb qilindi. Suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha besh yillik (2020-2025-yillar) ushbu loyiha Zarkent, Xodikent, Isqovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrini qamrab oladi.

Majlisda investitsiya, eksport va turizm sohalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samarasini oshirish, Namangan viloyatining tajribasini namunaviy darajaga olib chiqish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Viloyatining investitsion imkoniyatlarini, eksport va turizm salohiyatini xorijiy ishbilarmon doiralari orasida keng targ‘ib qilish, xokimiyat va elchixonalarimiz urtasida chet el kompaniyalari bilan yo‘lga qo‘yilgan xamkorlikni yaxshilash maqsadida Namangan viloyatining “yagona darcha” sifatida axborot portalini yaratish, hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini xisobga olgan holda, eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy agrologistika markazlarini ko‘paytirish,  Namangan xalqaro aeroportiga “ochiq osmon” maqomini berish kabi takliflar berildi.

 Shu kunning o‘zida Senat a’zolari Namangan shahri, Pop, Chust, Namangan tumanlaridagi qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdilar.

Поделиться