O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vashington shahrida Jahon banki Prezidenti D.Malpass bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-10-23 | Iqtisodiyot

Vashington shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Jahon banki Prezidenti D.Malpass o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda Jahon bankining ishtiroki hamda ustivor loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi.

Jahon banki Prezidenti mamlakatimiz hukumatini xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish Platformasini amalga oshirish boshlangani munosabati bilan tabrikladi. Bu jarayonda O‘zbekiston birinchi beshta pilot mamlakatdan biri sifatida tanlab olingan.

Mazkur platformaning O‘zbekiston uchun afzalliklari hakida gapirar ekan, D.Malpass ko‘p vektorli o‘zgarishlar jarayonini olib borishda xalqaro moliya institutlari va Hukumat o‘rtasida aniq hamda samarali muloqotni ta’minlash uchun bu keng imkoniyatlar ekanligini ta’kidladi.

Jahon banki Prezidenti shuningdek, mamlakatga investitsiyalarni jalb qilishning muhim omili sifatida bank-moliya tizimini rivojlantirish hamda milliy iqtisodiyotda xususiy sektor ulushining o‘sishini rag‘batlantirishga ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar aniq qo‘shma sa’y-harakatlarning izchilligini qayd etib, belgilangan yo‘nalishlar doirasida hamkorlik bo‘yicha kelishib oldilar.

Поделиться