O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda yosh stomatologlarning xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
2019-10-23 | Sog‘liqni saqlash
2019-yil 21-22-oktabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida “Stomatologiya Yuga-2019” xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu xalqaro olimpiadada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan jami 18 ta jamoa ishtirok etdi.
Jumladan, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Kuban davlat tibbiyot universiteti, Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti, Birinchi Moskva Davlat Tibbiyot Universiteti, Kirov davlat tibbiyot universiteti, I.P. Pavlova nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Pyatigorsk tibbiyot va farmatsevtika instituti, Qozon davlat tibbiyot universiteti, Privolje tibbiy tadqiqot universiteti, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Qarag‘anda tibbiyot universiteti, Astana tibbiyot universiteti, Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti, N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti talabalari ishtirok etdi.
Yurtimizdan Buxoro, Samarqand va Andijon tibbiyot institutlari va Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari qatnashmoqdalar. Ishtirok uchun Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslarda tahsil olayotgan 5 talabadan iborat jamoalari qatnashdi.
Olimpiadada talabalar terapevt stomatologiya, ortoped stomatologiya, jarrohlik stomatologiyasi, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya yo‘nalishlarida olib borildi.