O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AES qurilishi jarayonlari bilan tanishuv

2019-10-23 | Jamiyat

2019-yil 21-oktabrda «O‘zatom» agentligida atom texnologiyalari bo‘yicha axborot agentligi negizida tanishuv seminari tashkil qilindi.

Tadbirda xorijiy va mahalliy OAV vakillari, shuningdek, «O‘zatom» agentligi, «UzGAShKLITI» AJ, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Seysmologiya instituti va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi aholisini, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarni ommaviy axborot vositalarda materiallarni chop etish orqali zamonaviy yadro-energetika texnologiyalari, ularning xavfsizligi va ekologik sofligi haqida xabardor qilish bo‘yicha tizimli ishlarning bir qismi hisoblanadi.

«O‘zatom» agentligi rahbari tomonidan O‘zbekistonda birinchi atom elektr stantsiyasi qurilishi loyihasi taqdim qilindi.

Shuningdek, seminar davomida hozirgi paytda AES ni joylashtirish bo‘yicha ustuvor maydonchada olib borilayotgan muhandislik-qidiruv ishlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Unda tanlangan maydonchaning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan holda texnologiyalar tanlanadi. Bu haqda «UzGAShKLITI» AJ, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, «O‘zLITI Injiniring» AJ QK, «Atomstroyeksport» AJ rahbarlari va mutaxassislari so‘zlab berdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Ushbu seminar OAV vakillariga mavzu bo‘yicha barcha o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlar bilan tanishish, ishtirok etayotgan mutaxassislardan intervyu olish imkonini beradi.

Mutaxassislar shuni ta’kidladiki, O‘zbekistonning elektr energiyaga bo‘lgan talabi oshib borayotganini hisobga olib, mamlakatimiz energobalansiga atom energetikasining kiritilishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.  Bu, avvalo, mamlakatimizda 80% elektr energiya ishlab chiqarilishini ta’minlovchi ko‘plab zamonaviy issiqlik elektr stantsiyalariga sarflanayotgan tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Gaz zahiralarining kamayishi, uni qazishga sarflanayotgan xarajatlarning ortayotganligi elektr energiya tannarxini oshiradi. Ayni paytda atom energetikasi narxga oid barqarorlikni ta’minlaydi va bu iqtisodiyot uchun muhimdir.

AES ning foydalanishga topshirilishi yiliga 2,4 GVt elektr energiyasini olish, demak, 3-3,5 mlrd. kubometr gazni tejash imkonini beradi.

Atom energetikasining mamlakatimizni elektr energiyasi bilan ta’minlash jarayoniga kiritish tobora ko‘payib borayotgan aholini elektr energiya bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji 69 mlrd. kVt.s ni tashkil etadi. Mamlakatimizda esa 64 mlrd kVt.s elektr energiyaga teng. Bunday sur’atda hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 yildan so‘ng mamlakatimiz ehtiyoji 117 mlrd kVt.s ga yetadi yoki ikki baravar ortadi.

Поделиться