O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindistonning Gujarat shtati bilan hamkorlik rivojlanadi

2019-10-23 | Iqtisodiyot

Hindistonning Gujarat shtati bosh vaziri Vijay Rupani boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkentda Oʻzbekiston – Hindiston biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari, yirik biznes subyektlari, ishbilarmon doira vakillari, shuningdek, Hindistondagi 50 dan ziyod kompaniya masʼul xodimlari ishtirok etdi.
 
Keyingi yillarda Hindiston Oʻzbekistonning muhim strategik sheriklaridan biriga aylandi. 2019-yilning birinchi yarmida ikki mamlakat oʻrtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 164 million 300 ming dollarni tashkil etdi. Bugun yurtimizda Hindiston ishbilarmonlari ishtirokidagi 191 korxona faoliyat yuritmoqda, shundan 26 tasi toʻliq hind kapitali asosida ishlaydi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining saʼy-harakatlari, doʻstona va konstruktiv muloqotlari samarasida yuzaga kelgan ushbu yaqin hamkorlikni yanada mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
 
Hindistonning eng yirik mintaqalaridan biri boʻlgan Gujarat shtati ishbilarmon doiralari, yetakchi biznes subyektlari vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifidan ham aynan shu maqsadlar koʻzlangan. Mehmonlar toʻrt kun davomida Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri tadbirkorlari, yirik korxonalar vakillari bilan uchrashdi.
 
– Mamlakatingiz viloyatlarida oʻtkazilgan samarali muloqotlarimizning mantiqiy yakuni sifatida tashkil etilgan biznes- forum ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishiga ishonaman, – dedi Vijay Rupani. – Azaliy doʻst mamlakatlarimiz oʻrtasidagi joʻshqin munosabatlar hamkorligimizni yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Buning uchun tadbirkorlarimizda ishtiyoq kuchli. Eng muhimi, Oʻzbekiston tadbirkorlarni, xorijiy sarmoyadorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotir, qulay biznes muhitini yaratish uchun zarur choralar koʻrilmoqda.
 
Biznes-forum doirasida boʻlib oʻtgan ikki mamlakat ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokidagi B2B uchrashuvida Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining aloqalarini yanada jadallashtirish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi. Muloqot davomida tomonlar Hindistonning zargarlik buyumlari, avtomobil ehtiyot qismlari, quyosh panellari, sut mahsulotlari, toʻqimachilik buyumlari ishlab chiqarish, shuningdek, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, turizm, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari, muhandislik, neft-kimyo, sugʻorish tizimlari, suv va quyosh energiyasidan foydalanish singari koʻplab yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib bordi.
 

Gʻayrat XONNAZAROV, OʻzA

Поделиться