O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qo‘shma tadbirlar o‘tkazish kelishuviga erishildi
2019-10-22 | Siyosat
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tashrif doirasida Yaponiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Kyoko Nakayama bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Yaponiya hukumati va tadbirkorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlarga yuqori baho berishi ta’kidlandi.
Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik kengayib borayotganidan, jumladan ikki mamlakat parlamentlari a’zolari o‘rtasida o‘zaro tashriflar soni ko‘payganligidan mamnunligini bildirdi.
K.Nakayama O‘zbekiston parlamentidagi o‘zgarishlarga ijobiy baho berib, joriy yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylov uyushqoqlik bilan xalqaro standartlarga to‘liq muvofiq ravishda o‘tishiga ishonch bildirdi.
Madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashildi. Madaniy xususiyatga ega loyihalarni birgalikda amalga oshirish, jumladan modalar, kontsertlar, ko‘rgazmalar tashkil etish imkoniyatlari muhokama etildi. 2020-yilning birinchi yarim yilligida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini ishlab chiqish haqida kelishuvga erishildi.