O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyada O‘zbekistondagi keng ko‘lamli va jadal islohotlar yuqori baholanmoqda

2019-10-22 | Siyosat

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi Ichiro Kavabata bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlament faoliyati takomillashtirilishi, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazorati kuchayib borishi, qonun ijodkorligi ishi tobora yaxshilanib borayotgani haqida qisqacha axborot berildi.

I.Kavabata ta’kidlaganidek, Yaponiyada O‘zbekistondagi keng ko‘lamli va jadal islohotlar diqqat bilan kuzatilmoqda va yuqori baholanmoqda. O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar ikki tomonlama O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada faollashtirish uchun yangi keng imkoniyatlar ochib beradi.

Bunda ikki mamlakat xalqlari qadriyatlari va an’analari, mentaliteti, turmush tarzi o‘xshashligi, mehnatsevarligi hamda mehmondo‘stligi mamlakatlarni yaqinlashtiruvchi muhim omil hisoblanadi. Shu bois O‘zbekiston yaponiyalik turistlarni tobora ko‘proq jalb qilmoqda.

Поделиться