O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Daniya Elchisi bilan uchrashuv
2019-10-22 | Siyosat
2019-yilning 22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Daniya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Karsten Sendergordni qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.
Subat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shu nuqtayi nazardan keng kun tartibi ko‘rib chiqiladigan ravishda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish zarurligi qayd etildi. Ta’kidlanganidek, mazkur tadbir istiqbollarini aniqlash va ularga e’tibor qaratishga imkon beradi.
Uchrashuvda bo‘lajak O‘zbekiston-Daniya tadbirlari jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.