O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Isroilning uch shahrida “Choyxona” festivali bo‘lib o‘tdi

2019-10-22 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizning Isroildagi elchixonasi bilan hamkorlikda 15-17-oktabr kunlari Ashdod, Ramla va Lod shaharlarida “Choyxona” festivalini tashkil qildi. Tadbirlarda O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Xay Davidov, konsul Salohiddin Aribxodjaev hamda yuqorida nomlari keltirilgan shaharlar merlari, shuningdek 1000dan ziyod kishi qatnashdi.

“Choyxona” festivalida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansambli ham ishtirok etib, tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi. Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston delegasiyasi vakillariga qo‘shilib o‘zbekcha kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushishdi va umuman festivaldan zavq olib, kelgusida shu kabi tadbirlarni yanada ko‘paytirish va O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirishdi. Qo‘mita vakillarining Isroil shaharlariga tashrifi doirasida u yerdagi vatandoshlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan so‘nggi yillarda yurtimizda turizmni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sayyohlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Isroildagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonga sayohatni targ‘ib qilishga doir tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanliklarini bildirishdi. Tadbirlar yakunida festival' mehmonlari o‘zbek va isroil milliy taomlari bilan siylandi.

Shu bilan birga, Isroil shaharlari ma'muriyatlariga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi. "Ko‘rsatilayotgan e'tibor va bunday qo‘llab-quvvatlash uchun Isroil xalqi, shuningdek, Ramla, Lod va Ashdod shaharlari merlari nomidan nomidan O‘zbekiston hukumati hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga katta minnatdorchilik bildiraman. Iste'dodli san'atkorlaringizning chiqishlari tomoshabinlarimizga juda manzur bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim orqali sizlar tomoningizdan o‘tkazilayotgan tadbirlar videoroliklari bilan bo‘lishib, yurtingizning turizm salohiyatini targ‘ib qilish menga zavq bag‘ishlaydi", - dedi O'zbekistonning Isroildagi elchisi Xay Davidov.

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, Isroil davlatidan O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlar soni 2018-yilning ilk to‘qqiz oyida 7586 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning ilk 9 oy holatiga ko‘ra ularning soni 11234 nafarga yetib, 48 foizlik o‘sishni qayd etdi. O‘zbekiston-Isroil munosabatlarini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan bu kabi tadbirlar ikki davlatning madaniy-turizm aloqalarini rivojlantirish, diyorimizga keluvchi sayyohlar sonining yanada oshishi yo‘lida xizmat qilishi shubhasiz.

Поделиться