O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Braziliya Elchisi bilan uchrashuv

2019-10-21 | Siyosat

2019-yilning 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Braziliya Federativ Respublikisining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Tovar da Silva Nunesni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchisining O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatli faoliyat tiladi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida ikki tomonlama shaklda va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar turli sohalarda, jumladan muntazam vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni amaliyotni tiklash, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish, o‘zaro tovar va xizmatlar yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish orqali o‘zaro muloqotni faollashtirish tarafdori ekanliklarini ta’kidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться