O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Elchisi bilan uchrashuv
2019-10-21 | Siyosat
2019-yilning 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Hamid Naerobodiyni qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini nusxasini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan konstruktiv va dinamik munosabatlar qaror topgani ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va turizm tarmoqlaridagi hamkorlikni faollashtirish, Toshkent va Tehron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni ochish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Vazir Elchiga uning yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatiga omad tiladi.