O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Sh.Chen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-10-21 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston delegatsiyasining Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvi kengashining yillik majlislari maydonida Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Sh.Chen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya, agrar soha, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi qurilishi va rekonstruktsiyasi, energetika hamda moliya sektori kabi ustivor yo‘nalishlarni qamrab olgan holda O‘zbekiston bilan strategik hamkorlik muhokamasiga bag‘ishlandi.
Bank rahbariyati arzon turar-joylar, uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, avtomobil va temir yo‘llarni qurish hamda elektrlashtirish dasturlarini amalga oshirishda erishilgan sezilarli yutuqlarni qayd etdi va mamlakatda 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliyotlar bo‘yicha Biznes-reja va Sheriklik strategiyasini qabul qilish hisobiga tizimli hamkorlikka o‘tilgani bilan qutladi.
Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor bu yil O‘zbekiston raisligida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi tadbirlariga, shuningdek, joriy yil noyabr oyida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining vazirlar darajasidagi konferentsiyasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti T.Nakaoning ishtiroki istiqbollariga qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish uchun istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab oldilar va sheriklikning samaradorligini ta’minlashga birgalikdagi sa’y-harakatlarni safarbar etishga kelishib oldilar.