O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi vaziri Surxondaryo maktablarida bo‘ldi

2019-10-21 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 15- hamda 19-maktab faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim maskani jamoasi bilan uchrashuv davomida o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Mahoratli pedagoglar tajribasini tuman miqyosida ommalashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Termiz shahridagi 6-sonli hamda Angor tumanidagi 31-, 41-maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, ta’lim safati va samaradorligini oshirish uchun har bir o‘qituvchi o‘z kasbiga sadoqat bilan ishlashi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyati o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hududiy markaziga ham tashrif buyurdi. Yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, markaz tinglovchilari va pedagogik jamoa bilan davra suhbati tashkil etdi. Davra suhbati davomida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘qituvchilar takliflari tinglandi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri barcha o‘qituvchilarga yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarida omad tiladi.

Поделиться