O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bosh vazir kubogi” boshlandi, dastlabki kun kutilmagan natijalarga boy boʻldi

2019-10-19 | Sport

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqalari tashkil etilayotgani haqida xabar bergandik. Bugun “Bunyodkor” futbol akademiyasining mashgʻulot maydonlarida “Bosh vazir kubogi”ning futbol musobaqalariga start berildi.

Oldinga oʻtib shuni aytish kerak, barcha jamoalar musobaqaga jiddiy yondashgan holda puxta tayyorgarlik bilan kelishibdi. Jamoalarning liboslari havas qiladigan darajada. Oʻz navbatida tashkilotchilar ham musobaqani yuksak saviyada oʻtkazishga astoydil harakat qilishmoqda. Oʻyinlarni mamlakatimizning malakali hakamlari boshqarib borishmoqdaki, bu faqat musobaqa nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Musobaqaning ilk kunidayoq bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Ayniqsa, bu kabi turnirlarda koʻp bora gʻalaba qozonishgan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi jamoasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xodimlariga yirik – 0:8 hisobida yutqazib qoʻyishi koʻpchilik uchun haqiqiy “syurpriz” boʻldi. Shuningdek, “Xalq banki” jamoasi ham Xalq taʼlim vazirligi xodimlariga haqiqiy master-klass oʻtib berishdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Respublika veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi jamoasi esa “Oʻzbekinvest”ga qarshi oʻyinda matonat koʻrsatdi. Yaʼni 0:2 hisobi bilan ortda qolayotgan veterinarlar jamoasi oʻyinda tub burilish yasadi, yaʼni “kambek” qayd etdi va tanaffusdan keyin raqiblari darvozasini toʻrt marta ishgʻol qilib, oʻyinni oʻz foydalariga hal qilishdi.

“Bosh vazir kubogi” musobaqasining ilk kunida qayd etilgan natijalar:

Futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi-2019” musobaqasi

19-oktyabr, shanba. 1/32 final

Davlat Soliq qoʻmitasi – Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi – 5:0

“Sharq” nashriyoti – Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati – 0:6

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi – OʻzLiDeP Markaziy Kengashi – 8:1

AT “Xalq banki” – Xalq taʼlimi vazirligi – 9:0

Qishloq qurilish invest – Oʻzkimyosanoat – 5:0

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi – Davlat Bojxona qoʻmitasi -:+

Moliya vazirligi – Oliy sud – 0:1

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” – Oʻzbekiston MTRK – 8:0

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi – Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi – 1:1 (penaltilar seriyasi – 6:5)

Toshshahartransxizmat – Issiqlik elektr stansiyalari – 6:1

Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi – “Oʻzbekinvest” – 4:2

Oʻrmon xoʻjaligi – Oliy attestatsiya komissiyasi -:+

“Vatanparvar” tashkiloti MK – Adliya vazirligi – 0:2

Tovar xom-ashyo birjasi – OʻzAtom (Atom energiyasini rivojlantirish agentligi) – 3:1

“Kafolat” sugʻurta kompaniyasi – “Oʻzbekneftegaz” – 1:0

Energetika vazirligi – Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi – 2:2 (pen. – 3:5)

“Bosh vazir kubogi”ning 1/32 final bosqichidan oʻrin olgan qolgan uchrashuvlar ertaga oʻtkaziladi. Musobaqaning yarim final va final oʻyinlari mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadionda tashkil etiladi.

Поделиться