O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasiga saylandi

2019-10-18 | Siyosat

2019-yilning 17-oktabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasida O‘zbekiston vakili Akmal Saidov 2020-2023-yillarga Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi.

1889-yilda tashkil etilgan Parlamentlararo Ittifoq eng avval tashkil topgan xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. Uning qarorgohi Jeneva shahrida joylashgan. Parlamentlararo Ittifoq dunyo parlamentariylarining asosiy xalqaro organi sifatida qariyb 180 mamlakatni birlashtiradi. Ittifoq Ijroiya qo‘mitasi tashkilot doirasidagi 6 ta geosiyosiy guruhlarning barchasini namoyon qiluvchi 18 nafar a’zodan tashkil topadi va ma’muriy organ vazifalarini bajaradi.

Mamlakatimizning Jeneva shahridagi Doimiy vakolatxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Ittifoqning Yevroosiyo guruhidan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Akmal Saidov nomzodi ilgari surildi va Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan saylovda tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Qayd etish joizki, Akmal Saidovning bunday yuqori lavozimga saylanishi parlamentarizmni mustahkamlash va mamlakatning haqiqiy demokratik rivojlanishini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini anglatadi.

Ittifoq Ijroqo‘miga a’zolik O‘zbekistonga xalqaro parlament hamkorligi kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish imkonini beradi.

Поделиться