O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident yangi korxonalar tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi

2019-10-18 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati iqtisodiyotining bugungi holatini tahlil qilib, uni rivojlantirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Avval rejalashtirilgan loyihalarni bajarish bilan birga kelgusi ikki yilda amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 13 trillion so‘mlikdan ziyod yangi investitsiya loyihasi ishlab chiqilgani qayd etildi.

To‘qqiz oyda viloyat korxonalari tomonidan 125 million dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz 104 foizga bajarilgan. Eksportni ko‘paytirish uchun «Termiz Kargo Sentr» logistika markazi hududida erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu zonaga muayyan yo‘nalishlardan vizasiz kirish, eksport-import va tranzit yuklari uchun bojxona, karantin va boshqa xizmatlarni «Yagona darcha» tamoyili asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilishni davom ettirish, 2020 yilda Angor, Qiziriq, Muzrabot,  
Termiz va Sherobod tumanlarida 40 ming gektarga ingichka tolali g‘o‘za navlarini joylashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Yer maydonlaridan kelib chiqib, klasterlar tomonidan yirik chorvachilik komplekslari tashkil qilish vazifasi qo‘yildi. 

Viloyatda bir yilda tayyorlanadigan 870 ming donadan ortiq terini qayta ishlaydigan birorta ham korxona yo‘qligi tanqid qilinib, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyat hokimligiga zamonaviy charm-poyabzal korxonalari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Поделиться