O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyoda ilk bor: "Bir belbogʻ, bir yo’l, bir turizm” III Xalqaro konferensiyasi Samarqandda oʻtkaziladi
2019-10-18 | Turizm
12-15-oktabr kunlari Xitoyning Guylin shahrida “Bir kamar, bir yoʻl, bir turizm” II Xalqaro konferensiyasi bo'lib oʻtdi. Unda Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining Rivojlantirish va strategik muammolar bo'yicha prorektori Azamat Akbarov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
"Bir kamar, bir yoʻl, bir turizm” xalqaro konferensiyasida dunyoning 64 mamlakatidan tashrif buyurgan 200dan ziyod oʻquv va davlat muassasalari, turizm sohasidagi yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi. Tadbir doirasida turizm sohasi va oʻquv muassasalari hamda xususiy kompaniyalar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq turli masalalar, shuningdek, sayyohlarni qabul qilishning oʻziga xos jihatlari, turizm sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash va boshqa qator dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.
Taʼkidlash lozimki, "Bir kamar, bir yoʻl, bir turizm" III Xalqaro konferensiyasini 2020-yilda Samarqand shahrida, xususan, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida oʻtkazish rejalashtirildi. Nufuzli anjuman turizm sohasidagi olimlar va mutaxassislar uchun interaktiv platformani taqdim etadi. Ular esa, oʻz navbatida, ushbu platformada oʻzlarining soʻnggi tadqiqotlari bilan boʻlishishadi.