O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy ta’lim sifatini takomillashtirishda BAA tajribasidan foydalaniladi

2019-10-18 | Ta’lim

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 17-19-oktabr kunlari Toshkentda Birlashgan Arab Amirliklarining ta’lim sohasidagi bir guruh mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

17-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida seminar-trening tantanali ravishda ochildi. Seminarni O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ochib berdi.

Mazkur seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining moliyaviy va texnik yordamini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5480-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da qayd etilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.  

Tadbirda yurtimizda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda. Unda BAA ta’lim vazirligi mutasaddilari, Rabdana akademiyasi, Abu-Dabi va Zaida universitetlarining yetakchi professorlari tomonidan maxsus trening mashg‘ulotlari uch yo‘nalishda o‘tkaziladi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim  muassasalarini akkreditatsiyalash, oliy ta’limda innovatsion va tadbirkorlikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini joriy etish singari guruhlarda mazkur sohaga oid ko‘plab savollar o‘z javobini topadi.

O‘z navbatida barcha xorijlik mehmonlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti misolida yurtimiz OTMlarida yoshlarga yaratilgan sharoitlar, talabalarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi va zamonaviy ta’lim shakllarining o‘zbek milliy pedagogikasi bilan uyg‘unligi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘ladilar.

Поделиться