O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iste’molchilarga eslatma

2019-10-17 | Jamiyat

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 15.07.14y.dagi 194-Qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari”ning 13-bandiga muvofiq, xonadonlarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berish davri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlanadi va tamomlanadi. Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8° S dan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8° S yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.

Barcha iste’molchilar ulanib bo‘lgandan so‘ng, 6-7kun davomida, o‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalarda issiqlik ta’minoti tizimlarining sinovi olib borilishi lozim.
Iste’molchilarni ulash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- bolalar, ta’lim va davolash muassasalari;
- turar uylar;
- jamoat va maishiy binolar;
- teatr, klub, ma’muriy binolar;
- sanoat binolari.

Поделиться