O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasi “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumida ishtirok etdi

2019-10-17 | Siyosat

2019-yilning 16-oktabr kuni Nur-Sulton shahrida (Qozog‘iston) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 12-hamkorlik forumida ishtirok etdi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi TIV rahbarlari ko‘p tomonlama format doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va ko‘p qirrali muloqotning mazkur mexanizmini mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar.

Forumda so‘zlagan nutqida O‘zbekiston TIV rahbari mazkur format faoliyatiga ko‘proq aniqlik beruvchi va barcha ishtirokchi davlatlar manfaatidan kelib chiqqan holda mintaqa mamlakatlari iqtisodiyoti va sanoat salohiyatining barqaror o‘sishiga xizmat qiluvchi maqsadli loyiha va dasturlarni amalga oshirish zarurligini qayd etdi.

Janubiy Koreyaning texnik standartlash, suv resurslarini boshqarish, AKT-o‘qitish, startap-loyihalarni rivojlantirish jabhalaridagi innovatsion ishlanmalarini o‘rganish va joriy etish, yoshlar siyosati va gender tenglik sohalarida tajriba almashish Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari forum qatnashchilariga 4-oktabrda Prezident farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistonning 2019-2030-yillarda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha strategiyasining maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi va shu nuqtayi nazardan mamlakatimiz sheriklarimizning ishlab chiqarishga ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohalaridagi tajribasini o‘rganish, mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini e’tirof etdi.

Поделиться