O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-10-16 | Siyosat

2019-yilning 16-oktabr kuni “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 12-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Nur-Sulton shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi.

Vazirlar joriy yil 18-21-aprel kunlari Prezident Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari doirasida erishilgan ko‘p qirrali kelishuvlarni bajarishning borishini ko‘rib chiqdilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning o‘suvchan ahamiyati mamnuniyat bilan qayd etildi. 2019-yilning birinchi yarmida savdo aylanmasi hajmi 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilib, bu o‘tgan yilning ayni shu ko‘rsatgichidan 75% foizga ko‘proq.

Uchrashuvda qo‘shma investitsiya hamda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish mexanizmlari, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi jabhalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Поделиться